Maʼnaviyat marafoni
Maʼnaviyat marafoni
KITOBXONLIK VA SHEʼRXONLIK KECHASI TASHKIL ETILDI
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi va Zomin tuman axborot kutubxona markazi hamkorligidagi maʼnaviy tadbir tashkil etildi.
Maʼnaviyat marafoni doirasidagi tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzolari Abdusattor Sodiqov, Abdugʻaffor Shodmonqulov, mahalliy ijodkorlardan Dilbar Donaboyeva, Ehson mirzo, Zomin tuman axborot- kutubxona markazi direktori Nargiza Anvarovalar ishtirok etishdi.
Yaxshi kitob tanlash, kitobxon didi va kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi mavzularda fikrlar bildirilib, ijod va sheʼr hususida mulohazalar tinglangan tadbirda bir qator yosh ijodkorlar kashf etildi.
Tadbir so'ngida ijodkorlar Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandilar.