"Ma'daniyat karvoni va ma'naviyat festivali"
Zomin tumanida "Ma'daniyat karvoni va ma'naviyat festivali" doirasida bir guruh taniqli shaxslar va san'atkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabida tashkil etildi. Uchrashuvda O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim,O'z ekiston xalq artisti Dilorom Karimova, O'zbekiston xalq artisti Odina Narzullayeva, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Gulbahor Erqulova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Azim Mullahonov, Salohiddin Azizboyev, Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri aktirisasi Muqaddas Mamadaliyeva, O'zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Murodjon Mashrabov, O'zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Maftuna To'rayeva hamda Zomin o'lkasining ijodkor farzandi Qozoqboy Yo'ldoshevlar tashrif buyurishdi. Bo’lib o’tgan uchrashuvda aktyorlar mustaqillikdan keyingi erishgan yutuqlarimiz haqida aytib o’tishdi, so'nggi yillar mobaynida Zomin tumanimizdagi katta o'zgarishlar haqida alohida to'xtalib o'tdi. Uchrashuv davomida O'zbekiston xalq artisti Azim Mullahonov o'zining ko'ngilni yayratuvchi qo'shiqlari bilan hammani mamnun etdi.
https://telegra.ph/Madaniyat-karvoni-va-manaviyat-festivali-11-14