"Kutubxonamizning mehnat samarasi".
Zomin tumanida Ma'naviyat va ma'rifat kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 4 fevral kuni tuman Ma'naviyat va ma'rifat kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda tuman Ma'naviyat va ma'rifat kengashi a'zolari hamda umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda Axborot-kutubxona markazi direktori ishtirokida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-sonli qarorining ijrosi yuzasidan 2022 yil davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar, 2021-2023 yillarda viloyatda "Ma'naviyat maskani"ni faoliyati, 2023 yilga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi"ni tasdiqlash masalalari ko'rib chiqildi, fikr mulohazalar o'rganildi.
Yigilish yakunida 2022 yil davomida samarali mehnat qilgan hamkor tashkilotlardagi ma'naviy-ma'rifiy sohaga ma'sul xodimlar Ma'naviyat va marifat markazi tuman bo'linmasi tomonidan taqdirlandilar