Kutubxonaga sayohat — bilim sari qadam
#sayohat
Kutubxonaga sayohat — bilim sari qadam
Joriy yilning 12-may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar uchun kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilarga kutubxonaning turli bo‘limlari, yangi kelgan adabiyotlar va mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobga mehr uyg‘otish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda kutubxonaning o‘rni alohida ta’kidlandi.
Mazkur sayohat yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini oshirish, bilim olishga qiziqishni kuchaytirish va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.