"Kutubxonaga sayohat"
Joriy yilning 5 mart kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida 60-maktab o'quvchilariga kutubxona bo'ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi axborot komunikatsiya va raqamlashtirish xizmati rahbari hamda axborot bibliografiya xizmat rahbari tomonidan kitobsevar harbiylarga kutubxona tarixi va fondidagi kitoblar hamda ish jarayoni haqida ma'lumot berib o'tdi. O'quvchi yoshlar kutubxona bo’ylab sayohat qilib, kutubxona fondidagi badiiy adabiyot bilan tanishdilar o'zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Kelgusida o'quvchilar o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir. Haqiqatan ham, kitob o'qigan har bir inson kelajakda, qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo‘ladi.