"Kutubxonaga sayohat".
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Taraqqiyot" QFYda istiqomat qiluvchi bir guruh o'quvchi kitobxonlar uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari G.To'raqulova, S.Muhtorovalar tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, o'quvchi yoshlarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishdir. Haqiqatan ham, kitob o'qigan har bir bola kelajakda, qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo‘ladi.