Kutubxonaga sayohat
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida "G'afur G'ulom" MFYda istiqomat qiluvchi bir guruh o'qituvchi kitobxonlar uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Kelgusida kitobxon ustozlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, bolajonlarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir.Haqiqatan ham, kitob o'qigan har bir kitobxon kelajakda, qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo‘ladi.