KUTUBXONAGA SAYOHAT
Kitob- buyuk ustoz bo'lib, har tamonlama rivojlangan, komil insonni tarbiyalashda uning hizmati beqiyosdir. Chunki insonda xotira, zakovat xususiyatlari bilan axloqiy, ma'naviy-ruhiy fazilatlarini shakillantirishda, dunyoqarash, e'tiqod va maqsadga intilish sifatlarini tarkib toptirishda shubhasiz kitobning o'rni beqiyosdir.
Bugun axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan "Tafakkur gulshani" klubi a'zolari bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati hamda kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Davra suhbatida ongi, tafakkuri yuksak, ma'naviy g'oyalar bilan sug'orilgan inson o'zganing haqiga xiyonat qilmaydi. Aholining keng qatlamini sog'lom turmush tarziga, bunyodkorlik, halollikka chaqirish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mumkin, - deydi Diniy masalalar bo'yicha hokim maslahatchisi Abilov Anvar Qurboboyevich. Sayohat davomida klubi a'zolariga axborot-kutubxona markaziga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib, kitobxonlarimizni qiziqtirgan savollariga jovob berildi. Klub a'zolari o'zlarini qiziqtirgan kitoblarni o'qish uchun olib ketishdi.