"Kutubxonaga sayohat".
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida "G'afur G'ulom" MFYda istiqomat qiluvchi bir guruh kitobxonlari uchun, "Kitobxonlik haftaligi" ning birinchi kunidan kutubxona hodimlari kitobxonlar uchun kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirdi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxasissi D. Alibekova, F.Mamatqulova hamda M.Nuraliyevalar tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, bolajonlarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir.