"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida "Qayirma" MFYda istiqomat qiluvchi bir guruh kitobxonlari uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari X.Mirzayeva hamda F.Mamatqulovalar tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lishdi.