"Kutubxonaga sayohat".
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot-kutubxona markazining kutubxonasiga tumandagi 60-umumta'lim maktabi yosh kitobxon o‘quvchilari tashrif buyurdilar. Yosh kitobxonlar bilan "Kutubxonaga sayohat" tashkil etildi. Sayohat davomida kitobxonlar o‘rtasida "Kitoblar olamiga sayohat" loyihasi doirasida "Men sevgan adib" mavzusida suhbati o'tkazildi. Ushbu suhbatda kutubxona xodimlari tomonidan yosh kitobxonlarga qiziqarli asarlar haqida yaqindan tanishtirib va o'qishga tavsiya berdilar. Suhbat davomida yosh kitosevarlar ham o‘zlari o‘qigan asarlaridan tengdoshlariga so‘zlab berdilar.