"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga 9225 -sonli xarbiy qism yoshlari kutubxona bo'ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati rahbari G.Tòraqulova tomonidan kitobsevar harbiylarga kutubxona tarixi va fondidagi kitoblar haqida hamda ish jarayoni haqida ma'lumot berib o'tdi. Harbiylar kutubxona bo’ylab sayohat qilib, kutubxona fondidagi badiiy adabiyot bilan tanishdilar o'zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi va kutubxonaga a'zo qilindi.