"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi 61-maktab o'quvchilari uchun kutubxona bo'ylab sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, O'zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan "Bolalarning sevimli yozuvchisi" deb nomlangan davra suhbatida ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida yozuvchining hayoti va ijodi, asarlari haqida suhbatlashildi. O'quvchilar adibning o'zlari o'qigan asarlari haqida tengdoshlari bilan o'rtoqlashdilar va keng ma'lumatga ega bo'ldilar. Sayohat yakunida 4 nafar o'quvchi kutubxonamizga a'zo bo‘lishdi.