"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi 34-maktab o'quvchilari uchun kutubxona bo'ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi G.Fayzullayeva, Z.Azimovalar tomonidan kitobsevar kitobxonlarga kutubxona tarixi va fondidagi kitoblar haqida hamda ish jarayoni haqida ma'lumot berib o'tdi. O’quvchilar kutubxona bo’ylab sayohat qilib, kutubxona fondidagi badiiy adabiyot bilan tanishdilar o'zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi va o'quvchilar kutubxonaga a'zo qilindi.