"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Qayirma MFYda istiqomat qiluvchi aholi uchun kutubxona bo'ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi F.Mamatqulova tomonidan kitobsevar aholiga kutubxona tarixi va fondidagi kitoblar haqida hamda ish jarayoni haqida ma'lumot berib o'tdi. Kitobxonlar kutubxona bo’ylab sayohat qilib, kutubxona fondidagi badiiy adabiyot bilan tanishdilar o'zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi va kutubxonaga a'zo qilindi.
https://telegra.ph/Kutubxonaga-sayohat-12-01