"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi "Temuriylar izdoshlari" nodavlat harbiy maktabi o'quvchilari uchun kutubxona bo'ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Artikova tomonidan yosh kitobxonlarga kutubxona tarixi va fondidagi kitoblar haqida hamda ish jarayoni haqida ma'lumot berib o'tdi. O’quvchilar kutubxona bo’ylab sayohat qilib, kutubxona fondidagi badiiy adabiyot bilan tanishdilar o'zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi va o'quvchilar kutubxonaga a'zo qilindi.