"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida 60-maktabi o'quvchilari uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxasissi X.Mirzayeva, F.Mamatqulova tomonidan kutubxona haqida kitobxon o'quvchilarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lishdi.