"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida 63-maktabi o'quvchilari uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Artikova tomonidan kutubxona haqida kitobxon o'quvchilarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lishdi.