"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida 75-maktabi o'quvchilari uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish mutaxasissilari G.Fayzullayeva va N.Jo'rayeva tomonidan kutubxona haqida to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Shundan so'ng, ilmga chanqoq kitobxon yoshlarimiz mazkur kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lishdi. Yosh kitobxon o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.