"Kutubxonaga sayohat"
63-maktab o'quvchilari Axborot-kutubxona markazimizga tashrif buyurishdi. Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi N.Jo'rayeva, D.Alibekovalar kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartibi bilan yanada kengroq tanishtirdi hamda kutubxonamiz fondi haqida ma'lumotlar berdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi. Kitobni o‘ziga yaqin do‘st bilgan insonning hayot yo‘li kitob sahifalaridek mazmunga boy va yorqin bo‘ladi. O‘ylaymizki, buni anglagan har bir o‘quvchi kitob o‘qishni o‘zining sevimli mashg‘ulotiga aylantirib boradi va Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi singari kutubxonalarni izlab topadi.