"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida "Temuriylar izdoshlari" harbiy maktabi o'quvchilari uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Tashrifdan maqsad: kitobxonlar o'rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish ularni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari F.Sattorova tomonidan kutubxona haqida to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Shundan so'ng, ilmga chanqoq kitobxon yoshlarimiz mazkur kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lishdi. Yosh kitobxon o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.