"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga yosh kitobxonlar ishtirokida sayohat uyushtirilib, 34-sonli maktab o'quvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar.
Axborot-kutubxona markazi xodimlari X.Mirzayeva, Z.Azimova bolajonlarni kutubxona fondi bilan tanishtirdilar. Shuningdek, o’zbek xalq ertaklaridan “Yarimta no’xat”, “Bo’ri bilan mergan”, “Susanbil”, “Bola podshohdir” kabi kitoblar hamda badiiy adabiyotlar haqida ularga ma'lumotlar berildi.
Bolajonlar bilan “Kitob bilim bulog'i-o'quvchining o'rtog'i” deb nomlangan suhbat ham tashkil etildi. Suhbat davomida yosh kitobxonlarning buvijonlari, o'qituvchilari tomonidan aytilgan ertaklari hamda o'zlari o'qigan kitoblari haqida so’zlab, yod olgan she'rlaridan aytib berdilar.
Kutubxona bo’ylab tashkil etilgan sayohatdan o'quvchilar mamnun bo’ldilar.