Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 2-iyun sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan uyushmagan yoshlar ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida yoshlarga kitob mutolaasining ahamiyati, axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur sayohat yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.