Kutubxonaga sayohat
#Sayohat_2026
Bolalar nigohida olam naqadar rang-barang va betakror. Ayniqsa, endigina maktab ostonasiga qadam qo‘yish arafasida turgan jajji bolalarning tasavvurida kitob va kutubxonaga bo‘lgan qiziqish alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning qalbida mutolaaga mehr uyg‘otish, kitobning inson hayotidagi o‘rni va kutubxonaning imkoniyatlari haqida tushuncha hosil qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
💎Shu maqsadda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 25-may sanasida 34-sonli umumiy o'rta ta’lim maktabining o'quvchilari ishtirokida “Kutubxona — bolalar nigohida” nomli sayohat tashkil etildi.
📌Sayohat davomida bolajonlarga kutubxonaning bo‘limlari, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar haqida qiziqarli tarzda ma’lumotlar berildi
https://t.me/zomin_kutubxona/25264