Kutubxonaga sayohat
#sayohat
Joriy yil 15-may sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 41-maktab o‘quvchilari ishtirokida kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif jarayonida o‘quvchilarga turli badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tanishtirilib, kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi. Mazkur sayohat yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirib, ularda iliq taassurot qoldirdi.