"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Tashrifdan maqsad: kitobxonlar o'rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma'naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish ularni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati xodimlari X.Mirzayeva, F.Mamatqulovalar tomonidan kutubxona haqida to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi.
Shundan so'ng, ilmga chanqoq kitobxon yoshlarimiz mazkur kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lishdi.