Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 26-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxonamarkazi xodimlari tomonidan uyushmagan yoshlar ishtirokida kutubxonaga sayohat tashkil etildi
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlikka jalb qilish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida uyushmagan yoshlar ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida yoshlar kutubxona faoliyati, yangi adabiyotlar va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan kitob mutolaasining ahamiyati, bilim olish va shaxsiy rivojlanishda kitobning o‘rni haqida tushunchalar berildi.
Tadbir qizg‘in savol-javoblar, erkin muloqot va kitoblar ko‘rgazmasi bilan davom etdi. Ishtirokchilar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan adabiyotlarni tanlab, mutolaa qilish uchun oldilar.
📖 Mazkur sayohat yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.