Kutubxonaga sayohat
2025-yil 10-oktyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida tumanimizning Favqulodda vaziyatlar bo'limi hodimlari ishtirokida kutubxonaga sayohat tashkil etildi.
Kutubxonaga sayohat davomida kitobxonlarga kutubxonaga a'zo bo'lish tartibi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berildi. Kitoblarga bo'lgan mehr va qiziqishlarini oshirish, mustaqil o'qish ko'nikmasini rivojlantirish maqsadida badiiy adabiyotlar, bolalar ensiklopediyalari bilan tanishtirildi.