Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 16 yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9225 harbiy qism kursantlariga kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Kutubxona markazi hodimi S.Muhtorova tomonidan kursantlarga kutubxona haqida to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir.