"Kutubxonaga sayohat"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga jajji kichkintoylar ishtirokida sayohat uyushtirilib, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar. Axborot-kutubxona markazi xodimlari bolajonlarni kutubxona fondi bilan tanishtirdilar. Shuningdek, o'zbek xalq ertaklaridan "Bo'ri bilan mergan", "Susanbil" kabi kitoblar haqida ularga ma'lumotlar berildi. Bolajonlar bilan “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” deb nomlangan suhbat ham tashkil etildi. Suhbat davomida jajji kitobxonlar buvijonlari, tarbiyachilari tomonidan tinglagan ertaklari haqida so’zlab, yod olgan she'rlaridan aytib berdilar. Kutubxona bo’ylab tashkil etilgan sayohatdan bolajonlar mamnun bo’ldilar.