Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 26-noyabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Navbahor MFY"da istiqomat qiluvchi yoshlari hamda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi kitobxonlari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida ishtirokchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan axborot-kutubxona markazidagi xizmatlar faoliyatini axborot-kutubxona fondlari, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma'lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning bolalar bo'limi o'quv zali kutubxona yangiliklari bilan tanishdilar. https://t.me/zomin_kutubxonasi/12062