Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 21-noyabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlarga xizmat ko'rsatish xizmati xodimi G.Fayzullayeva hamda Z.Azimovalar tomonidan 34-maktab o'quvchilari ishtirokida kubxonaga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimi Z. Azimova tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi.Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarni olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida kutubxonaga a‘zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmomula bo‘lishlarini ta'minlash, o'quvchilarning ona vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usi shakllantirishdir.