Kutubxonaga sayohat
Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga 17-oktyabr kuni 34-maktab o'quvchilariga kutubxonamiz javonida joylashgan kitoblar bilan bibliografiya xizmati xizmat rahbari H. Mirzayeva tanishtirib o'tdi. Kutubxonaga sayohat jarayonida o'quvchilarning kitobga bo'lgan qiziqishi yanada ortdi. Yosh kitobxonlar o'zlari qiziqqan kitoblarini 15-kun davomida mutolaa qilib, mutolaa qilib bo'lgan kitoblarini o'z vaqtida qaytarib olib kelish huquqiga ega bo'lishadi. Yosh kitobxonlarni barchasini kitob mutolaasiga chorlab qolamiz.