Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 10 oktyabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga Zomin tuman "Bog'ishamol" MFYda istiqomat qilayotgan aholi va yoshlar ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimi G.Fayzullayeva tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi.