Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 19 sentyabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga Zomin tuman "Nihol" MFY yoshlari ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimi S.Muhtorova tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir.