Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 9 sentyabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga Zomin tuman "Xalqobod" MFYda istiqomat qilayotgan aholi va yoshlari ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimi X.Mirzayeva tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, òquvchilarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir. Haqiqatan ham, kitob o'qigan har bir bola kelajakda, qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bòladi. Har qanday chuqur bilim faqat mustaqil o‘qish yo‘li bilangina orttiriladi.