"Kutubxonaga sayohat"
Joriy yilning 19 avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga Zomin tuman "Mustaqillik" MFY aholisi ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mumutaxassislari M.Umarova hamda M.Keldibekovalar tomonidan kutubxona haqida yosh kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon aholimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, òquvchilarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir. Haqiqatan ham, kitob o'qigan har bir bola kelajakda, qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bòladi.