Kutubxonaga sayohat.
Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga 8 avgust kuni 16-maktab o'quvchilari yozgi ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida tashrif buyurishdi. Kutubxonamiz javonida joylashgan kitoblar bilan xizmat ko'rsatish mutaxassisi Artiqova Dildora tanishtirib o'tdi. Kutubxonaga sayohat jarayonida o'quvchilar kitobga bo'lgan qiziqishi yanada orti. Sayohat davrida o'quvchilarni kitobxon kundaligiga a'zo qilishdi. Yosh kitobxonlar o'zlari qiziqqan kitoblarini 15-kun davomida mutolaa qilib, mutolaa qilib bo'lgan kitoblarini o'z vaqtida qaytarib olib kelish huquqiga ega bo'lishadi. Yosh kitobxonlarni barchasini kitob mutolaasiga chorlab qolamiz.