"Kutubxonaga sayohat"
Kitoblar sizni minglab asr avval dunyodan oʻtgan dohiylar bilan uchrashtiradi.
Rene Dekart
Joriy yilning 11 iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga Zomin tuman "Xalqabod" MFYda joylashgan 9-sonli 'Yorqin-yulduz-boychechak" Davlat xususiy sherikchiligidagi NDMTT bog'cha tarbiyalanuvchilari ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmat rahbari G.To'raqulova hamda I.Shodiyeva tomonidan kutubxona haqida jajji kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan ertaklarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir. Haqiqatan ham, kitob o'qigan har bir bola kelajakda, qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bòladi. Har qanday chuqur bilim faqat mustaqil o‘qish yo‘li bilangina orttiriladi. Birovlarning hayoti haqida o`qirkansiz, o`z fikringizni ham tiniq bayon etishga o`rganasiz. Keraksiz axborotlarni filtrlash, gapingizni birovlarga uqtirishingiz oson kechadi. So`z boyligingiz oshadi.