Kutubxonaga sayohat.
Jizzax viloyati Zomin tuman Yoshlar ittifoqi markazida joylashgan Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Kutubxonaga Qayirma MFY da istiqomat qiluvchi kitobxonlar tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad: yoshlar ongida maʼnaviyatni shakllantirish, ularni qiziqarli kitoblar olami bilan, axborot-kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirishdir. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari I.Shodiyeva hamda Axborot-bibliografiya xizmati xizmatchisi D.Qarshiboyevalar kitobxonlar bilan so'rovnomalar o'tkazishdi. So'rovnoma mutolaani keng targ'ib etish, kutubxonalar faoliyatini yana rivojlantirish, kitobxonlar fikri va qiziqishlarini chuqurroq o'rganish hamda kutubxona fondining qanoatlanganlik darajasini aniqlash maqsadida o'tkazildi.