Kutubxonaga sayohat
2024-yil 20-may kuni Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida Jizzax viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi "Chaqiruvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash markazi" chaqiriluvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida harbiy xizmatchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning bolalar bo'limi, kitob ko‘rgazmalari, elektron zal, erkin zona va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiyada 10 ta harbiy xizmatchi ishtirok etdi.