Kutubxonaga sayohat.
2022 yil 16-iyun kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun, kutubxona bo’ylab ekskursiya uyushtirildi. Tashrifdan maqsad: yoshlar ongida maʼnaviyatni shakllantirish, ularni qiziqarli kitoblar olami bilan, axborot-kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirishdir. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi xodimlari kitobxonlar qiziqtirgan kitoblaridan ma'lumotlar berishdi.