Kutubxonaga ekskursiya
2022 yil 15-iyun kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun, kutubxona bo’ylab ekskursiya uyushtirildi. Tashrifdan maqsad: yoshlar ongida maʼnaviyatni shakllantirish, ularni qiziqarli kitoblar olami bilan, axborot-kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirishdir. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi xodimlari kitobxonlar bilan so'rovnomalar o'tkazishdi. So'rovnoma mutolaani keng targ'ib etish, kutubxonalar faoliyatini yana rivojlantirish, kitobxonlar fikri va qiziqishlarini chuqurroq o'rganish hamda kutubxona fondining qanoatlanganlik darajasini aniqlash maqsadida o'tkazildi.