Kutubxonada bir kun
Joriy yilning 17-fevral sanasida Zomin tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirokida "Kutubxonada bir kun" nomli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari axborot- kutubxona markazidan foydalanish qoidalari bilan tanishdi. Shuningdek sayohat davomida ishtirokchilarga kutubxonaga qanday a'zo bo'lish va kitoblardan qay tartibda foydalanish kerakligi tushuntirib berildi.