Kutubxona xizmatingizda
Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi Yurtimiz aholisining, asosan yoshlarning ilm darajasini oshirish. Bunga esa kitobxonlikni keng targ'ib qilish orqali erishish. Abonamentlarga xizmat kòrsatish xizmati mutaxassislari N.Bobomurodova hamda M.Hamdamovalar tomonidan kelgan kitobxonlarga xizmat kòrsatishmoqda. Mamlakatning maʼnaviy darajasini koʻrsatadigan muhim koʻrsatkichlardan biri oʻsha xalqning kitobxonligi, bugun qanday kitoblarni mutolaa qilayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun hozirgi kunda xalqimiz orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish,yoshlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida davlat siyosati darajasida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Chunki Prezidentimiz ham oʻz nutqida taʼkidlaganidek,bugun kitob oʻqiyotgan bola ertaga oʻnta televizor koʻrayotgan bolalarni boshqarishi aniq deb takidlaganlar.