Kutubxona mahalla nigohida
Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga qarashli 15-maktabda tashkil etilgan ko'chma kutubxonasi tomonidan 15-maktab o'quvchilari uchun kitob targ'iboti tashkil etildi. Ko'chma kutubxonaga kitobxonlar jalb qilinib, kutubxonaga a'zo qilindi.