"Kutubxona mahalla nigohida"
Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D.Artikova tomonidan Zomin tumanida joylashgan "Birlik" MFY idorasida mahallada istiqomat qiluvchi uyushmagan aholiga kitob ko'rgazmasi va kitob targ'iboti o'tkazdi. Unda kitobxonlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi telegram guruhlariga a'zo qilindi. Kutubxonaga a'zo bo'lish tartibi haqida ma'lumot berildi.