"Kutubxona kvesti"
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilning 22 fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D. Artikova va mutaxassisi D. Qarshiboyevalar tomonidan o'zbek xalq maqollariga bag'ishlangan “Kutubxona kvesti" jamoaviy o'yini tashkil etildi. Kvest jamoaviy o`yinida o'zbek xalq maqollaridan kelib chiqib munozara va tahlil qilish uchun jamoalar kuch sinashdilar. So'ng o'zlari tomonidan berilgan javoblarni keng izoh bilan ta'riflab berdilar. Ushbu jamoaviy o’yinda tumandagi Yoshlar ittifoqi Zomin tuman bo'limining "Lider" o'quv markazi o'quvchilari ishtirok etdilar. Unga ko'ra jamoalar ikki guruhga bo'lindilar. Har ikkala jamoa ham o'yin shartlarini bajarishda faollik bilan kurash olib bordilar va do'stlik g'alaba qozondi. Jamoaviy o'yin so'ngida mutaxassislar tomonidan o'quvchi yoshlarga bunday o'yinlarni tez-tez tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligi va o'sib kelayotgan yosh avlodning ajdodlar me'rosini o'rganish sharafli burch ekanligi ta'kidlab o'tildi.