"Kutubxona Kvesti".
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2022” ning 2 kuni munosabati bilan Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Artikova hamda mutahassisi D. Qarshiboyeva bilan birgalikda Zomin tumanida joylashgan 3-MDTTning bolajonlari bilan birgalikda "Ertaklar yaxshilikka etaklar" shiori ostida krossvord va mazaykali "Kutubxona kvesti" o'yini tashkil etildi. Maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyachisi Nargiza Musayeva o'zining bog'cha tarbiyalanuvchilari bilan faol qatnashib tezkor qiziqarli savollarga javoblar berishdi, berilgan topishmoqlar javobini topib krossvordga yozishdi. Rang-tasvir bo'yicha ham kichik tanlov tashkil etildi. G'olib bo'lgan bolalarga estalik sovg'alari taqdim etildi.
https://telegra.ph/Kutubxona-Kvesti-04-11