"Kutubxona Kvesti".
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Artikova hamda ko'chma kutubxona mutaxassisi To'rayevalar tomonidan XTBga qarashli 15-maktab o'quvchilari o'rtasida "Kutubxona Kvesti" o'yini tashkil etildi. O'yinda maktab o'quvchilari faol qatnashib tezkor qiziqarli savollarga javoblar berishdi, berilgan topishmoqlar javobini topib krossvordga yozishdi. Rang-tasvir bo'yicha ham kichik tanlov tashkil etildi. G'olib bo'lgan o'quvchilarga estalik sovg'alari taqdim etildi.